Iqtisod

Oʻzbekistonda internet xizmati narxi yanada arzonlashdi

© Uztelecom"Oʻzbektelekom" diagramma
Oʻzbektelekom diagramma - Sputnik Oʻzbekiston
2016 yilda tariflar oʻn ikki marta tushirildi

TOSHKENT, 5 yanv — Sputnik. "Oʻzbektelekom" aktsiyadorlik kompaniyasining maʼlum qilishicha, 2016 yil 21 dekabr kunidan Oʻzbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s uchun (tashqi kanalda) 91,50 dollarga tushirilganini maʼlum qiladi. Bu haqda kompaniya saytida bildirilgan.

Kompaniya matbuot markazi xabarida qayd etilishicha, 2016 yilda tariflar oʻn ikki marta tushirilgan. Xususan, tariflar 1 Mbit/s uchun 13 yanvardan 156,24 dollargacha, 17 fevraldan 136,34, 1 martdan boshlab 133,62, 2 martdan 115,26 dollarga, 27 apreldan 112,91, 25 iyuldan 111,21 dollargacha, 19 avgustdan 108,31gacha, 22 avgustdan 107,03, 19 sentyabrdan 105,77, 28 oktyabrdan 103,03 gacha va 21 dekabrdan 1 Mbit/s uchun 91,50 dollargacha tushirilgan.

Oʻzbektelekom internet tariflari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda provayderlar uchun internet xizmati tariflari yana tushirildi

Eslatib oʻtamiz, 2015 yilda narxlar oʻn yetti marta tushirilgan edi. Yaʼni 2015 yil yanvar oyida 1 Mbit/s uchun 259,29 dollardan, dekabr oyida 157,60 dollargacha tushirilgandi.

"Oʻzbektelekom" AK butun Oʻzbekiston Respublikasi hududini oʻz tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish boʻyicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va maʼlumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmogʻidan foydalanish, videokonferentsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala