Jamiyat

Oʻzbekistonda plastik kartochkalar orqali kreditlar ajratish koʻzda tutilmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishVISA va MasterCard
VISA va MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Jismoniy shaxslarning soʻm plastik kartochkalari orqali kreditlar ajratish koʻzda tutilmoqda

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda yil oxirigacha bank plastik kartochkalari soni 20 milliontaga yetadi. Bu haqda "Xalq soʻzi" nashri maʼlum qildi.

Nashrda yozilishicha, tijorat banklari joriy yil oxirigacha chakana savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlaridagi toʻlov terminallarini 220 mingtaga, plastik kartochkalar sonini 20 milliontaga, infokiosklarni 4,6 ming hamda bankomatlarni 700 taga yetkazishi rejalashtirilgan. Buning uchun esa banklar oʻrganishlar natijasi va mijozlar talabidan kelib chiqqan holda, plastik kartochkalar va toʻlov terminallari boʻyicha yetarli miqdorda rezerv shakllantirib, plastik kartochka egalariga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamini kengaytirish choralarini koʻradi. Mobil aloqa qamrab oladigan hududlar va aloqa kanallarini kengaytirish uchun Toshkent shahri hamda viloyatlar markazlarida yirik savdo majmualari, tumanlarda esa taqdim etilgan aloqa kanallarini taftishdan oʻtkazadi.

Daromad koʻpayishi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonning ikki banki MDH reytingida dastlabki 20talikka kirdi

Shuningdek, banklar aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida mobil ilovalarni faol tatbiq etishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Xususan, onlayn rejimida ishlovchi bank kartochkalaridan kreditlarni qoplash, byudjet va soliq toʻlovlarini amalga oshirish, tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar qilish boʻyicha yangi dastur hamda xizmatlar yoʻlga qoʻyiladi.

Plastik kartochkalarning koʻp funktsiyaliligini taʼminlash uchun tijorat bankining mijozi boʻlgan korxona xodimlari — jismoniy shaxslarning soʻm plastik kartochkalari orqali kreditlar ajratish koʻzda tutilmoqda. Buning uchun pasport nusxasi, ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot, korxonaning oʻz xodimi majburiyatlari uchun kafolatnomasi boʻlsa, kifoya.

Shu bilan birga joriy yilda mobil ilovalar orqali plastik kartochkalari qaysi bank emitenti boʻlishidan qatʼi nazar, bir plastik kartochkadan ikkinchisiga pul koʻchirish uchun olinadigan xizmat haqi qayta koʻrib chiqiladi.

"DUET" tizimidagi plastik kartochkalar esa bosqichma-bosqich onlayn tizimida ishlovchi "Smartvista YEMV" kartochkalariga almashtirilib, ularni ishlatish muddati 5 yil qilib belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala