Jamiyat

Qarshi - Dehqonobod temir yoʻli elektrlashtirildi

© Uzbekiston temir yullariQarshi-Dexqonabod temir yoʻli elektrlashtirildi
Qarshi-Dexqonabod temir yoʻli elektrlashtirildi - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi yil arafasida Termiz yoʻnalishida joylashgan, Qarshi – Dehqonobod temir yoʻlini elektrlashtirish yakunlandi.

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Yangi yil arafasida uzunligi 90 km boʻlgan Qarshi – Dehqonobod temir yoʻlini elektrlashtirish yakunlandi, deb xabar qildi “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” kompaniyasi  matbuot xizmati.

Temir yoʻlining ushbu qismi umumiy uzunligi 325 km boʻlgan Qarshi – Termiz temir yoʻlining muhim boʻlagi boʻlib u teplovozlarni zamonaviy elektrovozlar bilan almashtirish imkonini beradi. Bu esa oʻz navbatida temir yoʻl transporti xarajatlarinining uchdan bir qismini qisqartirish va temir yoʻlning oʻtkazish tezligini sezilarli darajada oshirish imkonini yaratadi.

Temir yoʻlini elektrlashtirish uchun foydalanlgan ehtiyot qismlarning katta qismi, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish dasturi  doirasida, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan. Bunday mahsulotlardan foydalanish – valyuta resurslarini tejash uchun xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Temir yoʻllari xodimlari xabariga koʻra Qarshi – Termiz temir yoʻlini elektrlashtirish  ishlari 2017 yilda toʻliq yaunlanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala