Rio Olimpiadasi chempionlariga esdalik haykalchalari topshirildi

© NOKChempioni Olimpiadi-2016 poluchili pamatnie statuetki ot imeni Mirziyoyeva
Chempioni Olimpiadi-2016 poluchili pamatnie statuetki ot imeni Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rio Olimpiadasida oltin medal sohibi bo‘lgan, Xasanboy Do‘smatov, Shaxobiddin Zoirov, Fazliddin Goibnazarov va og‘ir atletikachi Ruslan Nuridinovlar o‘z ismlari yozilgan esdalik haykalchalari olishdi.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Olimpiada qo‘mitasi Bosh assambleyasi majlisi so‘nggida Rioda oltin medalga sazovor bo‘lgan O‘zbekistonlik sportchilarga esdalik haykalchalari topshirildi, deb xabar qilmoqda Milliy Olimpiada qo‘mitasi.

© NOKOlimpiada chempionlariga esdalik haykalchalari topshirildi
Chempioni Olimpiadi-2016 poluchili pamatnie statuetki ot imeni Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada chempionlariga esdalik haykalchalari topshirildi
Bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Shaxobiddin Zoirov, Fazliddin Goibnazarov va og‘ir atletikachi Ruslan Nuridinovlarga chempionlikni qo‘lga kiritgan lahzada o‘z qiyofalari tasvirlangan bronza haykalchalar topshirildi.

Esdalik haykalchalarini O‘zbekiston prezidenti nomidan bosh vazir Abdulla Aripov topshiridi. MOQ xabariga ko‘ra, ushbu haykalchalar "Ravshan Mirtajiyev galereyasi" ustalari tomonidan yasalgan.

© NOKOlimpiada chempionlariga esdalik haykalchalari topshirildi
Chempioni Olimpiadi-2016 poluchili pamatnie statuetki ot imeni Mirziyoyeva  - Sputnik O‘zbekiston
Olimpiada chempionlariga esdalik haykalchalari topshirildi
Yangiliklar lentasi
0