Paxta moyi tozalashning yangi usuli kashf etildi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishO‘simlik moyi ishlab chiqarish
O‘simlik moyi ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Umumiy va anorganik kimyo sohasi olimlari paxta yog‘ini rafinatsiya qilishning samarali usulini o‘ylab topishdi.

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Umumiy va anorganik kimyo instituti olimlari o‘simlik yog‘ini rafinatsiya qilishning yangi uslubini o‘ylab topishdi, O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabariga asosan.

Ushbu kashfiyot yog‘-moy sanoati uchun o‘ta muhim bo‘lib, u bir necha yillardan beri o‘rganib kelinayotgan muammoni hal qilishi mumkin. Olimlar o‘ylab topgan yangi uslubda kaustik soda o‘rniga kalsiy giroksididan (Sa(ON)2) foydalaniladi. Qalsiy giroksidi kaustik sodaga nisbatan arzon bo‘lib, tozalash jarayonida u zararli moddalarni ajratib olish xususiyatiga ega. Bu esa paxta moyini tozalash jarayonining samaradorligini yanada oshiradi.

Kashfiyot mualliflari: Salixanova D. S., Agzamxodjayev A. A., Gumarov R. X., Tulabayeva S. U., Agzamxodjayev Sh. A., Eshmetov I. D. Ushbu kashfiyot uchun qayd qilingan patent raqami IAP 05310.

Yangiliklar lentasi
0