Ehtiyot bo‘ling: Toshkentda mashinalarning ballonlarini "yechib ketishmoqda"

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishG‘ildirak almashtirish
G‘ildirak almashtirish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday holatlar shahar markazi, Darxonda, shuningdek, Sergeli, Bektemir va Chilonzor tumanlarida qayd etildi

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Keyingi vaqtda Toshkentda avtomobillarning ballonlari va orqani ko‘rsatuvchi oynalarini o‘g‘irlab ketish holatlari ko‘paydi, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.

Bunday holatlar shahar markazi, Darxonda, shuningdek, Sergeli, Bektemir va Chilonzor tumanlarida qayd etildi. Faqat o‘g‘irlikni bitta guruh qilyaptimi yoki bir nechta guruhlar qilyaptimi, noma’lum bo‘lib turibdi.

Guvohlarning aytishlaricha, jinoyatchilar mohirlik bilan harakat qilishadi, signalizatsiya o‘rnatilmagan yoki kamera va yorug‘lik yo‘q joylardagi mashinalarni tanlashadi. Ba’zida signalizatsiya borligi ham sizni qutqarib qololmaydi — ular signalizatsiya o‘rnatilgan mashinalarning ballonlarini ham "yechib ketishgan". Jinoyatchilar o‘g‘irlik qilishdan oldin signalizatsiyani o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Avtomobil o‘g‘risi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtomobil olib qochganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

O‘g‘irlik quyidagicha ko‘rinishda amalga oshiriladi —"Matiz" yoki"Spark" tanlangan mashina, aytaylik, "Kobalt"ning yoniga kelib to‘xtaydi va uni ko‘zdan pana qiladi. "Matiz"da kelgan uch-to‘rt kishi, ya’ni jinoyatchilar o‘zlarini go‘yoki "Kobalt" egasiga mashina ballonini almashtirishda yordam berishayotgandek tutishadi va 15 daqiqadan keyin (vaqt jinoyatchilarning tajribasidan kelib chiqib ozayishi yoki ko‘payishi mumkin) "Matiz" yo‘liga ravona bo‘ladi, "Kobalt" esa "oyoqsiz" qoladi.

Jinoyatchilarning yana bir ustunligi — ular mashinalari raqamlarini videokameraga tushib qolmasligi uchun qog‘oz bilan ko‘rinmaydigan qilib berkitib olishadi.
Sputnik muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan haydovchilarning aksariyati bu jinoyatlarni o‘tgan yilgi amnistiya bilan, shuningdek, poytaxt avtobozorlari, birinchi navbatda o‘g‘irlab kelingan ehtiyot qismlar bemalol sotiladigan Sergeli bozorining huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yaxshi nazorat qilinmasligi bilan bog‘ladi.

Qizig‘i, mashinaning to‘rttala balloni sotilsa juda katta pul bo‘lmaydi. Agarda ballon o‘g‘rilari qo‘lga tushishsa bu qilmishlari uchun besh-yetti yilga qamalishlari tayin. Shunday ekan, bunday tavakkalchilikning nima keragi bor?

Avtomobil o‘g‘risi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘g‘irlangan avtomobilni masofadan to‘xtatish mumkin bo‘ladi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda o‘tgan yilning 27-dekabridan transport vositalarini olib qochganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Endilikda, Jinoyat kodeksining yangilangan 267-moddasiga ko‘ra bunday jinoyat uchun 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi (ilgari 3-yildan 5-yilgacha). Og‘irlashtiruvchi holatlar uchun muddat 20-yilgacha belgilanishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston IIV huzuridagi "Qo‘riqlash" Respublika birlashmasi avtotransportlarga masofadan boshqarish tizimini joriy etishni ko‘zlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0