O‘zbekiston prezidenti Moliya vazirligini ayab o‘tirmadi

© Press-slujba prezidenta RUzShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev majlis ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga muhim va og‘riqli savollar bilan yuzlandi

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining majlisida Moliya vazirligi faoliyatini qattiq tanqid ostiga oldi, deb xabar beradi nuz.uz.

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekistonni 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017-yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisida O‘zbekiston prezidenti majlis ishtirokchilariga murojaat qilib, ularga muhim va og‘riqli savollar bilan yuzlandi.

"Ushbu masalalar qay darajada samaradorlik bilan hal etilmoqda? Nima sababdan moliya vazirining Nizomi 1992-yilda tasdiqlangan bo‘lsa-da, 25-yildan beri asosiy vazifa va funksiyalar tubdan qayta ko‘rib chiqilmagan? Axir islohotlar vazirlik va uning rahbariyatiga taalluqli emasmi? Nima sababdan o‘ziga yuklatilgan eng muhim vazifalarni samarali bajarish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashni ta’minlamayapti? Axir vazirlik tarkibida 16 mingdan ortiq xodim ishlaydi. 16 ming! Haddan tashqari kengayib ketgan markaziy apparat, hududiy organlar, g‘aznachilik, nazorat-taftish boshqarmasi, pensiya jamg‘armasi va yana 4ta maxsus jamg‘arma mavjud. Ularni saqlash uchun budjetdan har yili 350 milliard so‘m xarajat qilinadi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: 2016-yilda O‘zbekiston YaIMi 7,8 % ga o‘sdi

Davlat rahbari debitor qarzdorlik muammosiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Mirziyovning so‘zlariga ko‘ra, "Dasturlar va loyihalar bo‘yicha qabul qilingan ayrim qarorlar yo umuman real moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanmagan, yoki qoldiq prinsipi bo‘yicha moliyalashtiriladi hamda to‘lov intizomi mana shu sababdan oqsamoqda. Jami 18 trillion so‘mlik debitor qarzdorlikdan 11 trillion so‘m yoki 60 foizi oxirgi uch yil mobaynida cho‘zilib kelinyapti".

Prezident ushbu muammo bilan muddati o‘tgan qarzdorlikni qisqartirish komissiyasi boshchilik qiladigan moliya vaziri va Markaziy bank raisi jiddiy shug‘ullanmayotganiga nisbatan keskin munosabat bildirdi.

Keyingi paytda xalq murojaatlarida ko‘p tilga olinayotgan plastik kartalar muammosi ham Shavkat Mirziyoyev e’tiboridan chetda qolmadi.

"Nima sababdan plastik kartochkalarni muomalaga kiritishdan ilgari barcha mexanizmlar puxta ishlab chiqilmagan? Nima uchun ko‘plab tashkilotlar, eng avvalo, budjet tashkilotlar xodimlari — o‘qituvchilar, shifokorlar, xizmatchilar va hatto nafaqaxo‘rlar ayrim amaldorlarning "yangiliklari"dan qiynalishlari kerak?", dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0