Jamiyat

Shveytsariyalik advokat: Gulnora Karimova bilan dekabrda koʻrishdim

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka oʻtishGulnora Karimova
Gulnora Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shveytsariyalik advokat Karimova bilan dekabr oyida koʻrishganini bildirdi. Uning aytishicha, Gulnora "jangovar kayfiyatda" va oʻziga nisbatan Shveytsariyada ochilgan tergov ishi borasida izoh berishdan bosh tortgan

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Jenevalik advokat Greguar Manja Neue Zürcher Zeitung gazetasiga bergan intervyusida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan Toshkentda dekabr oyida koʻrishganini aytib ilgari ayrim OAVda uning oʻlimi haqida tarqalgan xabarlarni inkor etdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Ilgariroq ayrim ommaviy axborot vositalari Karimova oʻtgan yilning 5 noyabrida vafot etgani haqida xabar tarqatishgandi. RIA Novostining Karimovlar oilasiga yaqin manbasi ushbu xabarni rad etgandi.

Shveytsariyalik advokat Karimova bilan dekabr oyida koʻrishganini bildirdi.

"Men mandat olganimdan soʻng Gulnora Karimova bilan oʻtgan yilning dekabrida Toshkentda koʻrishdim", — dedi Manja. Uning taʼkidlashicha, Karimovaning salomatligi "juda yaxshi holatda". Advokatning aytishicha, u shu uchrashuvga qadar qadar "oʻz mijozi bilan gaplashish imkoniga ega boʻlmagan".

Manja Karimova bilan uchrashganida avvaliga unga savol berishga ruxsat berishmagan, prokurorlar esa uning chetlatilishini talab qilishgan. Karimova "jangovar kayfiyatda" va oʻziga nisbatan Shveytsariyada ochilgan tergov ishi borasida izoh berishdan bosh tortgan. Advokatning aytishicha, unga hech kim bilan soʻzlashishga ruxsat berilmagan.

Yangiliklar lentasi
0