TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. chess.pw sayti "MDHning eng goʻzal shaxmatchi qizi" tanlovini eʼlon qilgani haqida xabar bergandik.
Mazkur saytda eʼlon qilingan soʻrovnomada oʻzbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova ham bor edi.
Oʻtgan yili grossmeysterlik unvonini qoʻlga kiritgan Gulruhbegim soʻrovnomada eng koʻp ovoz toʻplab, MDH mamlakatlarining eng goʻzal shaxmatchisi deb topildi.
Gulruhbegim Tohirjonovadan keyingi oʻrinlarda Qirgʻizistonning ikki nafar vakilasi Aleksandra Samaganova va Ayjan Alimbay qizi qayd etilgan.