Jamiyat

Prezident tibbiyot sohasini yana bir bor tanqid qildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka oʻtish"Sunʼiy jigar" qon tozalovchi apparatiga ulangan beʼmor
Sunʼiy jigar qon tozalovchi apparatiga ulangan beʼmor - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident aytishiga qaraganda tibbiyot sohasida aholi sogʻligini mustahkamlash, ona va bola sogʻligini asrash, aholini dori vositalari bilan ishonchli taʼminlash va sogʻlom avlod oʻstirish – eng muhim masalalardir.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumatning 2016 yil yakunlariga bagʻishlangan majlisida, tibbiyot  sohasidagi jiddiy muammolar va yetishmovchiliklar haqida gapirdi.

Bu borada prezident sogʻliqni saqlashni rivojlantirish va ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boʻyicha bosh vazir oʻrinbosari, sobiq tibbiyot vazirAdham Ikromov faoliyatini tanqid ostiga oldi.

Tibbiyot fakulteti talabasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: tibbiyot OTMlarida oʻquv muddati qisqartirilishi kerak

Mirziyoyev tibbiyot sohasida qator muammolarni sanab oʻtdi. Jumladan, quyidagi muammolarga alohida toʻxtab oʻtildi:

qishloq vrachlik puntlarining islohot qilinmagani va u yerda vrachlar, uskunalar va dori vositalari yetishmovchiligi;

tibbiy xizmatlar sifati pastligi tufayli har yili 30 mingga yaqin fuqaro chet elga davolanishga borishga majbur boʻlayotgani;

tez tibbiy yordam xizmati faoliyatidagi yetishmoqchilik va tartibsizliklar;

tibbiyot xodimlari orasida yuz berayotgan tartibsizliklar va jinoiy ishlar hamda  tugʻruqxonalardagi taʼmagirlik;

ekologiya muammolari, tozalik bilan bogʻliq boʻlgan epidemiologik holat;

dorixonalar tarmogʻida mavjud boʻlgan jiddiy kamchiliklar;

Shuningdek, Mirziyoyev Tibbiyot sohasining jismoniy tarbiya bilan bogʻliqligiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi. Xususan, prezident Yozgi Olimpiadagi Oʻzbekiston sportchilari yutuqlari nega faqat sportning 4-5 cheklangan turlarida ekanligi sabablari bilan qiziqdi.

“Albatta, bu sohada, ayniqsa, oliy mahorat sporti borasida keyingi yillarda muayyan yutuqlarimiz bor. Biz ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Lekin oxirgi Olimpiadada faqatgina ogʻir atletika, boks, kurash va dzyudo boʻyicha sovrinli oʻrinlar egallandi. Buning sababi nimada?”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Nutqining davomida Mirziyoyev aytib oʻtilgan har bir muammo boʻyicha samarali yechimlar topilishi kerakligini taʼkidladi. Jumladan, qishloq vrachlik punktlaridagi, tez tibbiy yordam sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish kerakligini, vrachlarni xorijdagi klinikalarga malaka oshirishga yuborishni tashkil qilish kerakligi aytib oʻtildi.

Dorixonalar faoliyatini tartibga solish kerakligi borasida Prezident alohida toʻxtalib oʻtdi.

“340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari chegaralangan narx boʻyicha sotilishini nazorat qiluvchi organlar bilan birga qatʼiy tartibga solish zarur. Har bir fuqaro qabul qilayotgan qarorlarimiz real foyda berayotganini sezishi kerak”, — dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, ekologiya sohasidagi muammolarga ham jiddiy eʼtibor berish kerakligini, avvalo chiqindilar bilan ishlash sohasida nazoratni kuchaytirish kerakligini taʼkidladi.   

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev xorijdagi oʻzbek shifokorlarini qaytarishni talab qildi

Undan tashqari, prezident davlat tomonidan qariyalar va nogirolarga ajratilayotgan yordamning har biri oʻz egasiga yetib borishi kerakligi ham aytib oʻtdi.

Shuningdek,  Shavkat Miromonovich, Madaniyat va sport ishlari vaziri Bahodir Ahmedovning faoliyatini ham tanqid ostiga olib, mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasida yaratilgan qudratli bazadan samarali foydalanishga chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0