TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Moskva hukumati migrantlar uchun poytaxtda yurish-turish qoidalari tasvirlangan komiks qoʻllanma tayyorladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Qoʻllanma Milliy siyosat, hududlararo aloqalar va sayyohlik departamenti burtmasiga binoan Moskva Mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat tashkiloti tomonidan yaratilgan. Buyurtma qiymati 7 mln rublni tashkil qildi. Tiraj — 50 ming ekzemplyar. 100-varaqli qoʻllanma Moskvada yashayotgan migrantlar orasida tarqatiladi.
Qoʻllanmada rus ertaklari qahramonlari obrazlaridan keng foydalanilgan. Masalan, politsiya xodimlari — rus ertaklaridagi uch bahodir qiyofasida chizilgan. Migrantlarga rus tilini — Dono Vasilisa va shoir Pushkin oʻrgatadi. Yuriy Dolgorukiy mehmonlarni Moskva boʻylab sayohatga taklif qiladi. Oʻlmas Kashey boʻlsa — migrantlarga noqonuniy ishlashni taklif qiladi….
Qoʻllanmada shuningdek, migratsion karta olish, registratsiya va patent rasmiylashtirish jarayonlari haqida toʻliq maʼlumotlar berilgan. Moskva hukumati fikriga koʻra, qonun-qoidalarni shunday yoʻl bilan tushuntirish "mahalliy aholi va migrantlar orasidagi keskinlikni yengillashtirishi kerak".



