Finlyandiya Yevropa va Osiyo orasida telekommunikatsiya kabeli o‘tkazmoqchi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishShisha tolali kabel
Shisha tolali kabel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi ushbu aloqa yo‘li ko‘plab muammolarni hal qilishi mumkin va ko‘plab mamlakatlar uchun qiziq bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Finlyandiya Shimoliy muz okeani tubida telekommunikatsiya kabeli o‘tkazish ustida ishlamoqda. Ushbu kabel Yevropa va Osiyo orasida ma’lumot almashishni tezlashtirishi kerak, dedi Finlyandiya bosh vaziri Yuxa Sipilya Norvegiyada bo‘lib o‘tayotgan "Arktika chegarasi" xalqaro konferensiyasida.  

Bosh vazir fikriga ko‘ra, shimoliy mamlakatlarda aloqa sifatini yaxshilash — yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan eng muhim vazifalardan biridir.

"Finlyandiya yevropa va Osiyoni telekommunikatsiya kabeli yordamida ulash imkonini qidirmoqda. Kabel Rossiyaga tegishli bo‘lgan "Shimoliy dengiz yo‘li" orqali o‘tishi rejalashtirilmoqda", — dedi Sipilya.

Sipilya aytishiga qaraganda, ushbu yilning may oyida Arktika Kengashida raislik Finlyandiyaga o‘tganidan keyin, ushbu loyiha ustuvor loyihalardan biriga aylanadi.

Finlyandiya tomonidan taklif qilingan Yevropa va Osiyoni tutashtiruvchi kabel loyihasi o‘tgan yili Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan muhokama qilingan edi. Rossiya tomoni fikriga ko‘ra, ushbu loyiha juda ko‘p muammolarni hal qilishi mumkin va ko‘plab mamlakatlar uchun qiziq bo‘lishi mumkin. Undan tashqari ushbu aloqa yo‘li Rossiyaning Shimoliy  va Uzoq Sharq hududida joylashgan aholi punktlari bilan aloqani yaxshilashga xizmat qilishi mumkin. Uni amalga oshirish uchun, asosiysi, loyihani Rossiya qonunchiligiga moslashtirish, deyilgan edi o‘tgan yilgi uchrashuvda.

Yangiliklar lentasi
0