"Gazprom" Qozog‘istondan 13 mlrd kub gaz sotib oladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tish"Gazprom" kompaniyasi
Gazprom kompaniyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston olinayotgan gazini chet el elga eksport qiluvchi asosiy korxona - rossiyaning "Gazprom"idir.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. "Gazprom" AJ 2017-yilda Qozog‘istondan 13 milliar kubometr gaz sotib oladi, deb xabar qilmoqda "KazTransGaz" matbuot xizmati.

"Ostonada "Gazprom" va "KazMunayGaz" AJ orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda 2017-yilda 12,8 milliard kubometr gaz yetkizib berish haqida kelishib olindi", — deyilgan xabarda.

Qozog‘iston kompaniyasi xabariga ko‘ra, eksport qilinayotgan gaz miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Bu yilgi eksport hajmi esa "strategik ahamiyatga ega bo‘ldi".

Ekspertlar fikriga ko‘ra, 2020-yilga kelib Qozog‘istonda qazib olinayotgan gaz miqdori o‘tgan yilgi 43 milliarddan 65 milliardga yetadi. Qozog‘istonning o‘zi esa yiliga o‘rtacha 15 milliard gaz iste’mol qiladi. Shuning uchun Qozog‘istonga eksport bozorlari mavjudligi juda muhim.    

"Gazprom" dunyoda eng yirik bo‘lgan gaz transport tizimiga ega. Kompaniya gaz quvurlarining uzunligi 170 ming km. 2015-yilda Gazprom dunyo mamlakatlariga 184 mlrd. kub m. gaz eksport qilgan.

Yangiliklar lentasi
0