Madaniyat

Oʻzbekistonda maxsus futbol telekanali ishga tushadi

Oʻtgan hafta oxirida elektron OAVlar faoliyatini tartibga solishga masʼul boʻlgan maxsus hukumat komissiyasi uchta yangi kanalga faoliyat boshlashi uchun ruxsatnoma berdi

TOSHKENT, 23 yanv — Sputnik. Tez orada Oʻzbekistonda uchta yangi xususiy telekanal paydo boʻladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqovning soʻzlariga koʻra, oʻtgan hafta oxirida elektron OAVlar faoliyatini tartibga solishga masʼul boʻlgan maxsus hukumat komissiyasi uchta yangi kanalga faoliyat boshlashi uchun ruxsatnoma berdi.

"Ulardan biri anchadan beri aytib kelinayotgan "Zoʻr TV" boʻladi. Shuningdek, maxsus "Futbol" va "Karvon TV" telekanallari ham faoliyat boshlaydi. Biz bu uchala kanal mamlakat teleefiriga rang-baranglik olib kirishiga ishonamiz", — dedi Firdavs Abduxoliqov.

Keyingi besh yilda Oʻzbekistonda "Mahalla", "Dunyo boʻylab", "Madaniyat va maʼrifat", "Oilaviy", "Diyor", "Kinoteatr", "Bolajon", "Milliy TV", Uzreport TV va boshqalar kabi oʻnlab telekanallar tashkil etildi.

Ayni paytda respublikada muqobil televideniyedan DVB-T2 shaklidagi raqamli tvga oʻtilmoqda. Aholining raqamli televideniye bilan qamrab olinishi deyarli 90%ni tashkil etadi.

2011 yil noyabrida Oʻzbekistonda MDH mamlakatlari ichida birinchi boʻlib HD shaklidagi telekanal — UzHD efirga uzatila boshlagan. Respublika viloyatlarida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi raqamli 12 ta televizion va toʻrtta radiokanal ishlamoqda.

2016 yil 1 dekabrdan qator hududlarda DVB-T2 shaklidagi "Milliy TV" va Uzreport TV kanallari ham efirga uzatila boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala