Jamiyat

Oʻzbekiston 5 yilda 7,7 mlrd $ kredit olishni rejalashtirgan

© Sputnik / StringerOsiyo Taraqqiyot banki
Osiyo Taraqqiyot banki - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston hukumati yaqin 5 yil ichida Jahon banki, Osiyo Taraqqiyot banki va Islom Taraqqiyot banklaridan 8 mlrd dollarga yaqin kredit olishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati 2017 — 2021 yillar davomida turli loyihalarni amalga oshirish uchun 7,7 mmlrd dollar kredit oladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Oʻzbekiston xalqaro moliya tashkilotlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaror qilgan. 2022 yilga qadar xalqaro moliya tashkilotlaridan 7,7 mlrd dollardan koʻp miqdorda kredit olish rejalashtirilgan", — dedi Iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Shuhrat Ismoilov Oʻzbekiston rivojlanish strategiyasiga bagʻishlangan media-haftaligida.

Jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan 2017-2021 yillar davomida Oʻzbekiston rivojlanish strategiyasi besh asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga qamrab oladi:

Xitoy Xalq Respublikasi bayrogʻi. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xitoy Oʻzbekistonga 2,7 milliard dollar kredit ajratadi
tashqi siyosat, davlat boshqaruvini va sud-huquq tizimini zamonaviylashtirish, iqtisodni erkinlashtirish va ijtimoiy sohalarda islohotlar oʻtkazish.

Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2016-2020 yillarda Jahon bankidan 3 milliarda dollar mablagʻ evaziga 27 loyiha amalga oshirish. 2019 yilda Osiyo Taraqqiyot bankidan 3,7 milliar dollar kredit evaziga 25 loyiha amalga oshirish va 2017-2019 yillar davomida Islom Taraqqiyot bankidan 1 milliard dollar olish rejalashtirilgan.

Yuqorida aytib oʻtilgan kreditlardan hukumat kafolati bilan olinadigan mablagʻ 1,339 milliarda dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala