Video

Putinga MiG-35 qiruvchisining ilk parvozi namoyish qilindi

Putinga telekoʻprik orqali Rossiyaning eng yangi koʻp maqsadli qiruvchi samolyoti - MiG-35 ning ilk parvozi namoyish qilindi.

Front aviatsiyasining koʻp maqsadli qiruvchisi MiG-35 dastlabki parvozi Luxovitsы aerodromida boʻlib oʻtdi.

MiG-35 — "4++ avlod" qiruvchisi hisoblanadi. Uning tashqi koʻrinishi mashhur MiG-29ga oʻxshash boʻlsada, u toʻliq qayta ishlab chiqarilgan. MiG-35ning qanotlari maydoni 4m2ga kengaytirilgan, planeri yengillashtirilgan, dvigatel resursi oshirilgan va himoya tizimi mukammallashgan.  Undan tashqari samolyotga eng zamonaviy, 5 avlod axborot va nishonga olish tizimi oʻrnatilgan. Samolyot bir vaqtning oʻzida 10ta nishon "tutib olishi" va kuzatib borishi mumkin. 

Samolyot 2018-2020 yillarda Rossiya qurolli kuchlari safiga qoʻshilishi rejalashtirilgan. MiG-35ning texnik koʻrsatkichlari va oldindan kiritilgan yangilash imkoniyatlari samolyotga 2035-2040 yillarga qadar qurolli kuchlar safida qolish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala