Jamiyat

Toshkentda shoshilinch ogohlantirish tizimi ishga tushiriladi

© Sputnik / Anton Belitskiy / Fotobankka oʻtishfavqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi
favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi - Sputnik Oʻzbekiston
Markaz "112" yagona raqami orqali aholi murojaatlari qabul qilinishini taʼminlaydi

TOSHKENT, 27 yanv — Sputnik. Toshkentda shahar favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazini qurish rejalashtirilmoqda. Hukumatning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirildi.

Markaz Toshkentdagi barcha navbatchi-dispetcherlik xizmatlarining yuqori organi hamda favqulodda vaziyatlarda oʻzaro hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiruvchi boʻgʻini boʻladi. Markaz "112" yagona raqami orqali aholi murojaatlari qabul qilinishini taʼminlaydi. Markaz tashkil etilishi barobarida hozirda mavjud boʻlgan favqulodda xizmatlar raqamlari ham ishlashda davom etadi.

Qutqaruvchilar oʻquv-mashgʻuloti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
FVV: Mustaqillik yillarida 100 ming aholi xavfsiz joylarga koʻchirildi

Hujjatga koʻra, shu yilning 1 apreliga qadar favqulodda vaziyatlar vazirligi ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Toshkent shahar hokimiyati va manfaatdor vazirlik hamda muassasalar bilan hamkorlikda Toshkent shahar favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi nizomini ishlab chiqishi va uni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim.

Markazning boshlangʻich loyihasi birinchi maygacha ishga tushirilishi moʻljallangan.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda aholiga favqulodda vaziyatlarda maʼlumotlar taqdim etish uchun FM diapazonida alohida radiokanal tashkil etish masalasi hal qilinishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala