Toshkentda xokkey o‘yinlari o‘tkaziladigan zamonaviy muz saroyi quriladi

© qalampir.uzYangi muz saroyi
Yangi muz saroyi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi muz saroyi Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshog‘och ko‘chalari kesishmasidagi maydonda, O‘zbekiston metro bekatiga yaqin hududda barpo etilmoqda

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. 2017-yilning birinchi yarmi oxirigacha Toshkentda zamonaviy muz saroyi barpo etiladi. Bu haqda "Qalampir.uz" sayti xabar qilmoqda.
Yangi muz saroyi Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshog‘och ko‘chalari kesishmasidagi maydonda, O‘zbekiston metro bekatiga yaqin hududda barpo etilmoqda. Ayni damda maydon atrofi o‘rab olinib, qurilish ishlariga start berildi.

Muz saroyi ikkita asosiy kompleksdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Tasdig‘ini topmagan xabarlarga qaraganda, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan yangi muz saroyida xokkey musobaqalari ham tashkil etiladi.

Ilgari Toshkentning Beruniy dahasida, hozirgi "O‘zko‘rgazmasavdo" binosi o‘rnida muz saroyi bo‘lib, mazkur maskanda xokkey musobaqalari o‘tkazilgan. Keyinchalik muz saroyi o‘rnini ko‘rgazmalar zali egalladi.

Yangiliklar lentasi
0