Jamiyat

Yaqin kunlarda Oʻzbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMoskvada gʻayritabiiy sovuq
Moskvada gʻayritabiiy sovuq - Sputnik Oʻzbekiston
Sinoptiklar 2 fevraldan yogʻingarchilik bashorat qilishmoqda, 3-4 fevral kunlari esa qor yogʻadi. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. ​Oʻzbekistonda fevral oyining ilk kunlari yogʻingarchiliklar va noodatiy sovuqlar bilan boshlanadi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Xabarda aytilishicha, yaqin kunlarda Oʻzbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi.

Moskvada gʻayritabiiy sovuq havo manzaralari - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Moskvada gʻayritabiiy sovuq havo manzaralari
"2 fevraldan sinoptiklar yogʻingarchilik bashorat qilishdi: yomgʻir, 3-4 fevral kunlari qor. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi. Respublika boʻyicha kunduzi havo harorati oʻrtacha 0 —5 daraja sovuqni tashkil qiladi, tunda 2-7˚S sovuq.

5-6 fevral kuni havo yogʻingarchiliksiz boʻlib oʻtadi, tunda esa yanada sovuqroq boʻladi: termometr ustuni 7-12 daraja sovuqni koʻrsatadi. Oʻzgidrometdan xabar berilishicha, bunday sovuq harorat mamlakatimizning aynan markaziy, sharqiy qismlari hamda poytaxtda kuzatiladi.

Fevralning ilk kuni yogʻingarchilik boʻlmaydi, joylarda tuman tushadi", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala