Jamiyat

Toshkentda oʻzbek-amerika biznes forumi oʻtkaziladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishToshkent
Toshkent - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro biznes markazida Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasining biznes-forumi oʻtkaziladi

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. Oʻzbekistonga Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi prezidenti Stiven Naderni rahbarligidagi AQSH ishbilarmon doiralari delegatsiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy sayti xabar berdi.

Xalqaro biznes markazida AQSH maʼmuriyati yuqori mansabli aʼzolari, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralari, shuningdek, Oʻzbekiston hukumati, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari, xalqaro moliya institutlari va diplomatik korpus vakillari ishtirokida Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasining biznes-forumi oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida AQSH ishbilarmon doiralarining Oʻzbekistondagi kichik va xususiy biznes vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash boʻyicha oʻzaro hamkorlik masalalari, shuningdek, Oʻzbekistondagi investitsiya muhiti imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala