Hodisalar

Rossiyada oʻzbekistonlik soxta ekstrasenslar sud qilinadi

© Sputnik / Polyakov / Fotobankka oʻtishEkstrasens buyumlari
Ekstrasens buyumlari - Sputnik Oʻzbekiston
Tovlamachilarning harakatlaridan jami 55 kishi jabr koʻrgan. Ular mijozlarning jami 20 mln rubl pulini olishgan

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Moskva tuman prokuraturasi oʻzlarini ekstrasens deb koʻrsatib odamlarni aldab ularning pullarini oʻzlashtirgan tovlamachilar guruhi bilan bogʻliq jinoyat ishini sudga joʻnatdi. Oʻn kishidan iborat guruhga yoshi 22dan 44gacha boʻlgan Rossiya, Oʻzbekiston va Ukraina fuqarolari kirgan, deb xabar bermoqda Rossiya bosh prokuraturasi.

Tergovga koʻra, gumondorlar 2014 yil yanvardan 2015 yil oktyabrgacha Yaroslav viloyatida "ekstrasens" va "folbinlar" guruhini tashkil etishgan. Mijozlarni jalb etish uchun ular OAVda reklama joylashtirishgan.

Parapsixologiya, ekstrasensorika va tabiblik xizmatlari ostida ular maxsus seanslar yordamida mijozlarning barcha muammolarini hal qilishga ishontirib odamlarning pullarini olishgan. Soxta tabiblar telefon orqali fuqarolarni seanslarga yana kelishga hamda maxsus tumorlarni sotib olishga majburlashgan. Ularning soʻzlariga ishonmaganlarni esa yomon oqibatlar va hattoki oʻlim bilan qoʻrqitishgan.

Tovlamachilarning harakatlaridan jami 55 kishi jabr koʻrgan. Ular mijozlarning jami 20 mln rubl pulini olishgan.

Guruh 2015 yil oktyabrda — uning tashkilotchilaridan biri Vladimir Kovalchuk va uning sheriklari operativ tadbir davomida qoʻlga olinganida fosh boʻldi. 2016 yil fevralda uning faoliyatiga chek qoʻyildi.

Ayni paytda sakkiz ayblanuvchi qamoqda saqlanmoqda, ikki nafar ayblanuvchiga esa uy qamogʻi jazosi qoʻllanilmoqda. Rossiya Jinoyat kodeksining 159-moddasi (uyushgan guruh tomonidan fuqarolarga jiddiy zarar yetkazuvchi tovlamachilik) boʻyicha jinoyat ishi Moskvaning Gagarin tuman sudiga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala