Abdulaziz Kamilov Quvayt shayxi tomonidan qabul qilindi

© Mid UzbekistanaAbdulaziz Kamilov Quvayt shayxi tomonidan qabul qilindi
Abdulaziz Kamilov Quvayt shayxi tomonidan qabul qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng samimiy tilaklarini Quvayt rahbariyatiga yetkazdi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. 2017-yilning 8-fevral kuni Quvaytga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Quvayt Davlati Bosh vaziri shayx Jaber al-Mubarak al-Hamad as-Sabah tomonidan qabul qilindi, deb xabar bergan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov Quvayt Elchisini qabul qildi
"TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning eng samimiy tilaklarini Quvayt rahbariyatiga yetkazdi", — deyiladi xabarda.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning, avvalo savdo-iqtisodiy, investitsion sohalardagi aloqalarning holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston-Quvayt muloqotini faollashtirish jarayoni hamkorlikni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish va unga uzoq muddatli tus berish uchun haqiqiy imkoniyat ochadi.

Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa ikki tomonlama va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0