O‘zbekistonda normativ hujjatlar milliy bazasi tashkil qilinadi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy bazada Respublikada amal qilayotgan barcha normativ-huquqiy aktlar jamlangan bo‘ladi. Yangi paydo bo‘layotgan qaror, va buyruqlar bir kun ichida milliy bazaga joylashtirilishi kerak.

 

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Bugun e’lon qilingan Prezident yangi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda Normmativ-huquqiy aktlar milliy bazasini tashkil qilinadi, “O‘zbekiston” telekanali xabari asosida.  

Qarorda aytilishi ko‘ra, Milliy bazada Respublikada amal qilayotgan barcha normativ-huquqiy aktlar jamlangan bo‘ladi. Yangi paydo bo‘layotgan qaror, va buyruqlar bir kun ichida milliy bazada paydo bo‘lishi kerak. Undan tashqari, eng ommaviy bo‘lgan hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan bo‘lishi kerak.

Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan rasmiy OAVlar ko‘rib chiqilayotgan va qabul qilinayotgan normativ aktlarni aholiga yetkizish, ular borasida turli fikrlarni o‘rganish va tahliliy materiallar yordamida qonunlarni keng jamoatchilikka tushuntirishi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0