Siyosat

Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga yoʻl oldi

© AFP 2018 / VIKTOR DRACHEVShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti tekshiruvni davom ettirmoqda. Yanvar oyi oxirida Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida boʻlgan edi. Mana bugun u Surxondaryo viloyatiga yoʻl olgani xabar qilinmoqda

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 fevral kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Shavkat Miriyoyev Ustyurt GKM ochilishi tadbirida - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tekshiruv davom etmoqda: Mirziyoyev navbatdagi safarini Xorazmga uyushtirdi
Nashr xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida oʻzining saylovoldi dasturida viloyatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan rejalar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi moʻljallangan.

Surxondaryo viloyati iqtisodiy salohiyati, tabiiy imkoniyatlari bilan Oʻzbekiston taraqqiyotida alohida ahamiyatga ega.

Mustaqillik yillarida ana shu salohiyat va imkoniyatlarni voha ahli, butun xalqimiz manfaatlari yoʻlida ishlatish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

Viloyat iqtisodiyoti barqaror surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Buning tasdigʻini 2016-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmi 8 foiz oʻsgani misolida koʻrish mumkin.

Paxta terish - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Surxondaryo viloyatida paxta dalalarining beshdan bir qismi qisqartiriladi
Toʻpalang gidroelektrostantsiyasi, Jarqoʻrgʻon neftni qayta ishlash zavodi, "Shargʻun koʻmir", "Xoʻjaikon tuz” aktsiyadorlik "jamiyatlari, "Xonjizza" kon-boyitish majmuasi kabi yirik korxonalar viloyat sanoatida yetakchi oʻrin tutmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Mazkur sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 75,3 %ni tashkil etmoqda.

Mehnat bilan band aholining 80 %dan ziyodi mazkur sohada ish yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala