Siyosat

Turkmaniston prezidenti Shavkat Mirziyoyev olqishiga sazovor boʻldi

© Fotoxost-agentstvo. / Fotobankka oʻtishTurkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 12-dekabrni Xalqaro betaraflik kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi Rezolyutsiya qabul qilinishi munosabati bilan chin dildan tabriklab maktub yoʻlladi

TOSHKENT, 11 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentini tabrikladi, deb xabar qilgan Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 12-dekabrni Xalqaro betaraflik kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi Rezolyutsiya qabul qilinishi munosabati bilan chin dildan tabriklab maktub yoʻlladi", — deyiladi xabarda.

Amudaryë ustidan oʻtkazilgan koʻprik - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kelgusi yilda Amudaryo ustidan Oʻzbekiston va Turkmanistonni bogʻlovchi koʻpriklar quriladi
Maktubda "ushbu qaror, hech bir mubolagʻasiz, tarixiy ahamiyatga ega voqea boʻldi. Shaxsan Siz tomoningizdan ilgari surilgan tashabbusni jahon hamjamiyatining barcha aʼzolari tomonidan bir ovozdan maʼqullanishi xalqaro sahnada Turkmanistonning yuqori mavqega ega ekanligini, bizning keng mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik va izchil rivojlanishni taʼminlashda Sizning xizmatlaringiz va hissangizni barcha tomonidan tan olinishini yaqqol koʻrsatdi", degan soʻzlar qayd etilgan.

Oʻzbekiston rahbari Oʻzbekistonda Turkmaniston bilan doʻstlik va qoʻshnichilik munosabatlari alohida qadrlanishini aytgan. "Bizning davlatlarimiz xalqaro siyosat va mintaqaviy barqarorlikning dolzarb masalalari boʻyicha umumiy yoki oʻxshash pozitsiyaga ega", — deyiladi maktubda.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sogʻlik, masʼuliyatli davlat ishlarida yangi zafarlar, Turkmaniston xalqiga esa tinchlik, farovonlik va yanada ravnaq topishni tiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala