Jamiyat

Turkmanistonda prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda

© Sputnik / Sergey Subbotin / Fotobankka oʻtishAshxobod
Ashxobod - Sputnik Oʻzbekiston
Turkmaniston prezidenti lavozimiga sakkiz nomzod qoʻyilgan. Mamlakat qonunlariga koʻra, saylovda ishtirok etgan fuqarolar sonidan qatʼiy nazar saylov boʻlib oʻtgan hisoblanadi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Bugun Turkmanistonda prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Saylov soat 07:00 da boshlanib 19:00 da yakunlanadi. Mamlakat boʻylab 2587 saylov uchastkalari ochilgan, ulardan 39 tasi Turkmanistonning chet mamlakatlarda joylashgan vakolatxonalari huzurida. Saylovdi ishtirok etish uchun 3 million 223 ming 455 kishi roʻyxatga olingan.

Turkmanistonda amal qilayotgan qonunlarga koʻra, saylovda ishtirok etgan fuqarolar sonidan qatʼiy nazar, saylov boʻlib oʻtgan deb hisoblanadi. Prezident boʻlish uchun saylovda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan koʻpining ovoziga ega boʻlish kerak.

Mamlakat prezidenti lavozimiga sakkiz nafar nomzod roʻyxatdan oʻtgan. Ular orasida Turkmanistonning amaldagi prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ham bor.

2016 yilda mamlakat Konstitutsiyasiga  oʻzgarish kiritilib prezident vakolati muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan edi. Ushbu saylov Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishdan keyingi birinchi saylov boʻladi.

Turkmaniston prezidenti saylovi Oʻzbekiston va yana bir necha mamlakatdan kelgan kuzatuvchilar nazorati ostida boʻlib oʻtmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala