"Asl oyna" O‘rta Osiyoning eng yirik shisha idishlar zavodiga aylandi

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishShisha zavodi
Shisha zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Korxona yiliga umumiy qiymati 38 mlrd so‘m bo‘lgan 100 mln dona shisha idish ishlab chiqaradi. Bundan 30% eksportga jo‘natilib, qolgani mamlakat ichida ishlatiladi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. «Asl oyna» AJ shisha ishlab chiqaruvchi korxona ikkinchi oyna eritish pechkasi va shisha ilishlar ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirdi, UT.uz xabariga asosan.

Ikkinchi pech qurilishi bo‘yicha xarajatlar miqdori 14 mln $ ni tashkil qildi. Loyihani amalga oshirishda dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalari ishtirok etgan. Ular orasida «Stara Glass», «Bottero» (Italiya) va « EME MASCHINENFABRIK CLASEN GmbH» (Germaniya) kabi sohaning yetakchi korxonalari bor.

Yangi pechka va ishlab chiqarish liniyasi ish boshlaganidan keyin «Asl oyna» quvvati 80% ga o‘sib, korxona O‘rta Osiyodagi eng yirik shisha idishlar ishlab chiqaruvchi korxonaga aylanadi.

Bugungi kunda korxona yiliga umumiy qiymati 38 mlrd so‘m bo‘lgan 100 mln dona shisha idish ishlab chiqaradi. Bundan 30% eksportga jo‘natilib, qolgani mamlakat ichida ishlatiladi.

Shuningdek, korxonaning kelajakdan umidlari ham kata. 2018-2021 yilda uchinchi va to‘rtinchi oyna erituvchi pechlar qurish rejalashtirilgan. Yangi loyihaning ishlab chiqarish quvvati kuniga 350 tonna bo‘lib, qiymati 40 mln $ ni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0