Samarqandda 8 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan fojia tafsilotlari aniqlanmoqda

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishYong‘in
Yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Voqea ro‘y berganidan 1 hafta o‘tib ham tafsilotlar noma’lum bo‘lib qolmoqda

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi xonadonlardan birida 6-fevral kuni baxtsiz hodisa ro‘y berishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan.

"Kun.uz" saytining ushbu hodisa yuzasidan so‘roviga Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibidagi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.Amonillayev rasmiy ma’lumot berdi.

"2017 yilning 6-fevral kuni Qo‘shrabot tumani "Toz" mahallasida yashovchi fuqaro, 1963-yilda tug‘ilgan Nurniyozov Abdualimning yashash uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in natijasida uyning 30 kv.m maydondagi tomi, shifti va qisman uy jihozlari zararlangan", deyilgan ma’lumotnomada.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in sodir bo‘lgan uyning yong‘in yetib kelmagan xonasidan 8 kishining jasadi topilgan.

Ayni vaqtda sodir bo‘lgan yong‘in va odamlarning o‘limi sabablarini aniqlash uchun Sud-tibbiy ekspertiza burosiga va Toshkent shahrida joylashgan X.Sulaymonova nomidagi Sud-tibbiy ekspertizasiga hamda viloyat SES boshqarmasiga daliliy ashyolar yuborilgan.

O‘t o‘chiruvchi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV Toshkentda yuz bergan ikki yong‘in sabablarini o‘rganmoqda

"Ekspertizalarning berilgan xulosalariga ko‘ra sabablar aniqlanadi", deyilgan ma’lumotnomada.

Sayt xodimi bilan suhbatlashgan manbaning aytishicha, oila a’zolari o‘limiga yong‘in to‘g‘ridan-to‘g‘ri sabab emas, jasadlarda kuyish alomatlari yo‘q.

"Marhumlar bo‘g‘ilish yoki zaharlanish oqibatida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin», degan u.

Voqea ro‘y berganidan 1 hafta o‘tib ham tafsilotlar noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Bundan oldinroq turli manbalar hodisaga gaz balloni portlashi sabab bo‘lgani, oila a’zolari gazdan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatgandi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0