Hodisalar

Nyu-York hukumati kalamushlar tajovuzi tufayli favqulodda majlis chaqirdi

Nyu-Yorkdagi tumanlarning birida yashovchi bir fuqaro chorshanba kuni kechqurun kalamushlar tomonidan tarqatiladigan - leptospiroz yuqumli kasalligi tufayli olamdan oʻtgach, mahalliy hukumat favqulodda majlis chaqirish qarorini qabul qildi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Nyu-York hukumati kalamushlar tajovuzi tufayli favqulodda majlis chaqirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Nashrga koʻra, Nyu-Yorkdagi tumanlarning birida yashovchi bir fuqaro chorshanba kuni kechqurun kalamushlar tomonidan tarqatiladigan — leptospiroz yuqumli kasalligi tufayli olamdan oʻtgach, mahalliy hukumat favqulodda majlis chaqirish qarorini qabul qilgan.

Orovill toʻgʻoni - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tezkor evakuatsiya: AQShdagi eng baland toʻgʻon buzilib ketishi mumkin
Nyu-York hukumati maʼlumotiga koʻra, kasallik Bronksning yana ikki nafar yashovchisida xuddi shunday kasallik aniqlangan. Aytilishicha, ular ayni damda kasallikdan tuzalishgan.

"Kasallik jiddiy boʻlishi mumkin, ammo uni antibiotiklar yordamida tuzatsa boʻladi", — deb xabar qilgan sogʻliqni muhofaza qilish departamenti.

Departament kemiruvchilarga qarshi barcha zarur choralarni koʻrayotgani taʼkidlangan.

Shifokorlar Bronks aholisiga kalamushlar uyur boʻlgan joylardan uzoq yurishni va qoʻlni yuvish gigiyenasiga amal qilishni maslahat berishgan. Ammo mahalliy aholining aytishicha, buning uddasidan chiqishning iloji yoʻq: kalamushlar nafaqat binolar, balki poyezdlarni ham bosib olishgan.

Qizil xoch jamiyati tumandagi sakkiz oilani vaqtinchalik turar joy bilan taʼminlagani aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala