Jamiyat

SSSR Afgʻonistonda qolishi kerak edi - ekspert

© Sputnik / Maksim BlinovDmitriy Puchkov (Goblin)
Dmitriy Puchkov (Goblin) - Sputnik Oʻzbekiston
SSSR Afgʻonistondan qoʻshnlarini olib chiqqaniga bugun 28 yil boʻldi. 1989 yilning 15 fevralida Sovet Ittifoqining eng soʻnggi askari Afgʻonistonni tark etgan edi.

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Rossiyalik bloger, tarjimon va Afgʻoniston urushi haqidagi yolgʻonlarni fosh qiluvchi ekspert Dmitriy Puchkov (Goblin) Sputnik muxbiri bilan suhbat qildi.

"Odamlar bu haqda faqat televizor aytgan gaplarni eslaydi. Agar televizor hech narsa aytmasa — ular buni eslamaydi. Urush qatnashchilari esa — hech qachon esdan chiqarmaydi", — dedi afsus bilan Goblin.

Oʻshanda, 10 yillik urushdan keyin Afgʻonistondan qoʻshnlar oli chiqilganda hamma yengil nafas olgandi, lekin Afgʻonistonga faqat muammolar manbai sifatida qaramaslik kerak. Toʻgʻri 10 yillik urushda 14,5 ming Ittifoq askarlari qurbon boʻldi, bu koʻpmi kammi mulohaza qilish qiyin, lekin undan keyin nima boʻlganini hech koʻrishni istamayapti.

Undan keyin esa u yerga amerikaliklar kelishdi va narkotik moddalar ishlab chiqarish 40 baravariga oshdi. Bugun esa Rossiyada har yili 100 ming yoshlar narkotik moddalar isteʼmol qilish oqibatida qurbon boʻlmoqda. 10 yilda — 1 million kishi qurbon boʻldi.

"Nima uchun Sovet Ittifoqi, shundoq yonginasida joylashgan Afgʻoniston bizga kerak emas deb hisoblaganiga tushunish qiyin. Yer sharining u chetida joylashgan amerikaga boʻlsa u nimagadir kerak. Biz esa Afgʻonistondan voz kechganimiz uchun har yili 100 minglab kishilar hayoti bilan toʻlayapmiz", — dedi Dmitriy Puchkov.

Sovet Ittifoqi qoʻshnlari Afgʻoniston hududida 1979 — 1989 yillar davomida boʻlga. Ushbu davr mobaynida Afgʻonistonda minglab kilometr yoʻllar qurildi, tibbiy muassasa, maktablar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Dmitriy Puchkov (Goblin): pomnyat pro voynu v Afganistane tolko uchastniki
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala