Dunyoda

Emomali Rahmonning oʻgʻli oʻz maʼmuriyati uchun arzon ishchilarni qidirmoqda

© Sputnik / Amir Isayev Rustam Emomali
Rustam Emomali - Sputnik Oʻzbekiston
Dushanbe meriyasi maʼmuriyati oliy maʼlumotli va kam maosh evaziga ishlashga rozi boʻladigan xodimlarni qidirmoqda

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Dushanbe meri Rustam Emomali shahar meriyasiga yangi xodimlarni ishga taklif qilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.

Tojikiston poytaxti maʼmuriyati jami 31 vakansiya boʻyicha mutaxassislarni ishga taklif qilmoqda, deyiladi xabarda.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Emomali Rahmon 29 yashar oʻgʻlini Dushanbega mer etib tayinladi
Ishchilardan faqatgina oliy maʼlumot haqidagi diplom va ish staji talab qilingan. Oʻz navbatida, Dushanbe meriyasi boʻlajak xodimlarga 603 somoni (75 dollar)dan 895 somoni (111 dollargacha) maosh taklif qilgan.

Boʻsh ish oʻrinlarini egallashni xohlovchilar Dushanbe meriyasiga hujjatlarni 12 mart sanasiga qadar taqdim etishlari lozimligi taʼkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, Emomali Rahmon tomonidan Dushanbe meri etib tayinlangan Rustam Emomali oʻz oldiga shahar infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek Dushanbeda yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish vazifasini oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala