Iqtisod

Pul kerakmi, marhamat: Toshkentda mingga yaqin bankomatlar paydo boʻladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishBankomat
Bankomat - Sputnik Oʻzbekiston
Bankomatlarning har biri turli qiymatdagi kupyuralar bilan toʻldirilgan boʻladi, shu bois, plastikdan naqd pul yechib olishda muammo boʻlmaydi, deya xabar qilinmoqda

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Toshkent shahrida yil oxiriga qadar mingga yaqin bankomatlar paydo boʻladi, deya xabar qildi Markaziy Bankning Toshkent shahri boʻyicha Bosh boshqarmasi rahbari Majid Tohirov.

Bankomat - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Bankomatlar qoʻyilarmush", degan xabarga oʻzbekistonliklarning munosabati
Tohirovning soʻzlariga koʻra, bankomatlarning har biri turli qiymatdagi kupyuralar bilan toʻldirilgan boʻladi, shu bois, plastikdan naqd pul yechib olishda muammo boʻlmaydi.

Berilgan xabarga koʻra, ayni vaqtda tijorat banklari taʼminotchilar bilan ushbu qurilmalarni xarid qilish boʻyicha muzokaralar olib borishmoqda.

"Uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avvaliga biz bankomatlarning birinchi partiyasini olib kelamiz va ularni shahar boʻylab oʻrnatamiz. Keyin navbat ikkinchi partiyaga… Ish shu tariqa davom etadi. Odamlar naqd pul yechib olishda qulayliklarga ega boʻlishlari uchun Toshkent shahri boʻylab yetarli miqdorda bankomatlar oʻrnatiladi", — dedi mansabdor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala