Jamiyat

Andijon viloyatining ikki tumanida hokim oʻzgardi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Andijon viloyati hokimining qarori bilan Ulugʻnor va Boʻz tumani hokimlari oʻzgartirildi

TOSHKENT, 24 fev — Sputnik. Andijon viloyati hokimining qarori bilan Ulugʻnor va Boʻz tumani hokimlari oʻzgartirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hokim qaroriga koʻra, Asilbek Akramovich Yusupov Ulugʻnor tumani hokimi lavozimiga tayinlangan. Yusupov bu lavozimga Abdugʻofir Sulaymonovning oʻrniga kelgan.

Lavozimga tayinlanishdan oldin Asilbek Akramovich Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departament direktori lavozimida ishlagan.

Abdurashid Rayimjonovich Mamirov esa Boʻz tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Boʻz tumani hokimi sifatida shu kungacha Doniyorbek Adilboyev faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Abdurashid Mamirov bu lavozimga tayinlanishdan oldin Andijon viloyati hokimligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0