Iqtisod

Qarshida televizor va changyutgich ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishTelevizor zavodi
Televizor zavodi - Sputnik Oʻzbekiston
Korxonada TCL brendi ostida yiliga 25 ming dona zamonaviy televizor, 15 ming Samsung changyutgichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatgich mahsulotlari ishlab chiqarish koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati safari davomida 25 fevral kuni Qarshi shahrida elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.

Bu yerda TCL brendi ostida yiliga 25 ming dona zamonaviy televizor, 15 ming Samsung changyutgichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatgich mahsulotlari ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.

Prezident mahsulot narxini arzonlashtirish va ularni eksportga yoʻnaltirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxona faoliyatiga kollej bitiruvchilarini jalb etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Hozirda Oʻzbekistonda Artel, Foton va Roison electronics korxonalarida televizor va maishiy elektronika jihozlari ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala