TOSHKENT, 27 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasidan maʼlum qilishlaricha, yongʻin chiqqani haqidagi xabar soat 17:30da kelib tushgan. Hududga 4ta asosiy yongʻin oʻchirish boʻlinmalari yoʻllangan va soat 17:54da olov butunlay oʻchirilgan, deb xabar qilgan kun.uz.
Yongʻin oqibatida binoning 8-qavatida joylashgan "Montaj qurilish xizmat" MCHJga qarashli, Silver Water Gold Fish MCHJ tomonidan ijaraga olingan ofis xonasi, ichidagi jihozlari 20 kv.m maydonda hamda binoning 9-qavatida Navei MJCH tomonidan ijaraga olingan xona derazasi romi zararlangan.
Yongʻinni oʻchirish vaqtida binodagi 18 nafar ishchi-xizmatchilar xavfsiz joyga olib chiqilib, ularning tan jarohati olishiga yoʻl qoʻyilmagan.
Ayni vaqtda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.