Xitoy O‘zbekistonga o‘z kemalarini yubordi

© Podrobno.UZXitoy O‘zbekistonga o‘z kemalarini yubordi
Xitoy O‘zbekistonga o‘z kemalarini yubordi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekistonga taqdim etgan bu yordami "Bitta mintaqa, bitta yo‘l" milliy dasturi doirasida yetkazildi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. 24 fevral kuni tongida "Yuysinou" (Chunsin-Sinszan-Yevropa) xalqaro temir yo‘l marshruti orqali Chunsindan yuborilgan kemalar partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi. Bu haqda "Jenmin jibao" gazetasi xabar bergan.

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida temir yo‘l orqali yuk tashish yo‘lga qo‘yildi
Bu Xitoydan O‘zbekistonga shunday tipdagi mahsulotning temir yo‘l orqali yuborilgan ilk partiyasi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekistonga taqdim etgan bu yordami "Bitta mintaqa, bitta yo‘l" milliy dasturi doirasida yetkazildi.

Bu kemalar O‘zbekistondagi kanallarni tozalashda qo‘llanadi. Bunday kemalardan jami 20tasi keltirilishi ko‘zda tutilgan. Kemalar 5ta partiya orqali yetkazilishi belgilangan, birinchi partiyada 3ta kema keltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0