Iqtisod

Quyosh fotoelektr stantsiyasi qachon ishga tushadi?

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishQuyosh elektrstantsiyasi
Quyosh elektrstantsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
2016 yil dekabr oyida fotoelektr stantsiyani oʻrnatish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tenderda Xitoyning "Zhuhai Singyes Green Building Technology" kompaniyasi gʻolib chiqib, ikki yil ichida quyosh elektr stantsiyasi qurib bitkazish majburiyatini olgan

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Quyosh fotoelektr stantsiyasi 2018 yilda ishga tushishi mumkin, deb xabar qildi "Zarafshon" nashri.

Quyosh elektr stantsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda 3ta quyosh elektr stantsiyasi quriladi
Bundan toʻrt yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoni eʼlon qilingach, Oʻzbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha loyihalar tayyorlandi.

Ana shunday loyihalardan biri Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyasining qurilishidir.

"Quyosh fotoelektr stantsiyasi quriladimi, yoʻqmi?", degan savolga aniqlik kiritish uchun nashr muxbiri Anvar Mustafaqulov Janubiy-gʻarbiy magistral elektr tarmoqlari quyosh fotoelektr stantsiyasi bosh muhandisi Jamshid Xayrullayevga murojaat qilgan.

Jamshid Xayrullayev mazkur loyiha kattaligi jihatdan Markaziy Osiyoda yagona deb taʼkidlagan.

"Stantsiyani barpo etish esa, avvalo, bir necha bosqichli tayyorgarlik ishlarini talab etadi. Bugungi kungacha ana shu tayyorgarlik ishlarining katta qismi nihoyasiga yetkazildi. Viloyat hokimining qarori bilan Past Dargʻom tumanidan 254 gektar va Nurobod tumanidan 150 gektar yer maydoni ajratilgach, tanlangan yer tozalanib, arxitektura rejalashtirish, topologik suratga olish va geologik tekshiruv ishlari amalga oshirildi.

Jamiyat
OTB quyosh elektr stantsiyasi qurish uchun 100 mln $ ajratadi
Mazkur hududdan oʻtuvchi kanal ustidan koʻprik qurildi. Past Dargʻom tuman Torariq qishloq fuqarolar yigʻini hududida toʻrt kilometr yoʻlga qum va shagʻal yotqizilib, mustahkamlash ishlari tugatildi. Xuddi shunday Samarqand — Qarshi avtomobil yulidan vaqtincha foydalanish uchun yetti kilometr masofada taʼmirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, obʼyekt hududini simtoʻr toʻsiqlar bilan oʻrash, 7,2 kilometrli havo liniyasi, transformator, "Suvli-Sogdiana VL 220 kV" kirish-chiqish havo liniyasi uchun ustunlar hamda fundamentlar oʻrnatish kabi ishlar bajarildi", — degan u.

Suhbatdosh shuningdek, loyihaning asosiy qismi, quyosh batareyalari oʻrnatish ishlariga qachondan kirishiladi va nihoyasiga yetkazilishi hamda moliyalashtirish ishlari qay tarzda bajarilishiga aniqlik kiritgan.

"Umuman, tayyorgarlik jarayonida 2014 yilning oʻzida 1 milliard 600 million soʻmlikdan ziyod, 2015 yilda esa 3 milliard 142 million soʻmlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. 2016 yil dekabr oyida fotoelektr stantsiyani oʻrnatish boʻyicha xalqaro tender oʻtkazildi. Unda Xitoyning «Zhuhai Singyes Green Building Technology» kompaniyasi gʻolib chiqib, ikki yil ichida quyosh elektr stantsiyasi qurib bitkazish majburiyatini oldi".

Quyosh elektr stantsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Buxoroda ulkan quyosh elektr stantsiyasi ishga tushdi
Nashrda taʼkidlanishicha, janubiy-gʻarbiy hududni mustahkam, uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash, Samarqand viloyati xalq xoʻjaligi obʼyektlari va aholisi elektr energiya taminotining mustahkamligini oshirish, tabiatga zaharli gazlar chiqarilishini qisqartirish imkoni yaratiladi.

Nashr xabariga koʻra, ayni vaqtda quyosh fotoelektr stantsiyasi hududida artezian quduqlar va boshqa cuv manbalari qurilib, uskunalar bilan jihozlangan, qolaversa, bugungacha ushbu stantsiyaning barcha tomonlarida mevali va manzarali daraxtzorlar barpo etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala