Siyosat

Mirziyoyevning Turkmanistonga safari oldidan markaziy koʻchaga buyuk turkman shoiri nomi berildi

© nuz.uzToshkent shahridagi koʻchalarning biri
Toshkent shahridagi koʻchalarning biri - Sputnik Oʻzbekiston
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumani hududida joylashgan Taraqqiyot koʻchasi oʻrniga buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomi berildi

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6-7 mart kunlari Turkmanistonga tashrifi arafasida Toshkentdagi koʻchalardan biriga Maxtumquli nomi berildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev birinchi rasmiy safarini nega Rossiyadan emas, Turkmanistondan boshlayapti?
"Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumani hududida joylashgan Taraqqiyot koʻchasi oʻrniga buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli nomi berildi", — deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi.

Geografik obʼyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha shahar komissiyasining Toshkentda Maxtumquli nomini abadiylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan 1 martda tasdiqlandi.

Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Maxtumquli (1733-1793) Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, oʻzbek adabiyotining oʻtmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishgan.

Maxtumquli oʻzbek adabiyoti, madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishib, bir qancha liroepik dostonlar, juda koʻp gʻazallar yaratgan. Maxtumquli ijodining turkman adabiyoti tarixidagi oʻrni, uning oʻzbek-turkman adabiy aloqalar sohasidagi ahamiyati taniqli oʻzbek va turkman olimlarining ilmiy ishlarida keng yoritilgan.

Maxtumquli oʻz sheʼrlarining birida oʻzbek xalqining mutafakkir shoiri Alisher Navoiyni ustoz sifatida hurmat qilishini bildirgan.  Maxtumquli Navoiyning lirika sohasidagi asarlaridan taʼsirlanib, ustozning gʻazal va muxammaslari uslubida manzur asarlar yaratdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala