Rossiya

Rossiyada bepul taʼlim olmoqchi boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolariga imtihon kunlari eʼlon qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishM.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining bosh binosi
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining bosh binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossotrudnichestvoning Toshkentdagi vakolatxonasi rasmiy saytida Rossiya oliy dargohlarida taʼlim olish istagida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun sinov imtihonlari oʻtkazilishi eʼlon qilindi

TOSHKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi Rossiya taʼlim va madaniyati markazi rasmiy saytida joriy yil 9-10 mart kunlari oʻtkaziladigan sinov imtihonlari jadvali eʼlon qilindi.

MGU Asosiy bino - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyada bepul oʻqish imkoniga ega boʻldi
"9 martdan 10 mart sanasiga qadar Toshkent shahridagi Rossiya taʼlim va madaniyati markazida gumanitar (ijodiy) yoʻnalishlar boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi", — deyilgan eʼlonda.

Test sinovlari Rossiya oliy oʻquv dargohlari vakillari ishtirokida oʻtkazilishi taʼkidlangan.

Imtihonlarga pasport, ruchka, kalkulyator va telefonsiz kelish soʻralgan.

"Hujjatlar toʻplami test sinovlari yakuni boʻyicha tayyorlanadi", — deb qoʻshimcha qilingan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning fevra oyida Rossotrudnichestvoning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Rossiy oliy oʻquv yurtlarida bepul oʻqish uchun roʻyxatga olish boshlanganini eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala