TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordami joʻnatdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV axborot xizmati.
Qoʻshni mamlakat xalqiga yuborilayotgan insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 60 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiyot buyumlari, qurilish materiallari, koʻmir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar boriligi aytilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga insonparvarlik yordamini shakllantirish, uni Tojikistonga yetkazish va topshirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilganligi aytilmoqda.
Oʻzbekistonning Tojikistonga insonparvarlik yordami koʻrsatish toʻgʻrisidagi qarori ikki davlat va xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash anʼanalarining yana bir amaliy ifodasidir. deyiladi xabarda.