Siyosat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston zamonaviy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga kelishdi

© Sputnik . SputnikQoʻl berish
Qoʻl berish - Sputnik Oʻzbekiston
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning koʻplab masalalari boʻyicha Oʻzbekiston va Qozogʻiston pozitsiyasi bir-biriga mos va oʻxshash ekanini tasdiqlandi

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. 10-mart kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Xavfsizlik kengashi kotibi V.Jumakanov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda boʻldi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Jamiyat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlat chegaralari borasida kelishib oldi
"Ikki davlat huquqni muhofaza qilish idoralari va davlat muassasalari rahbarlari ishtirokida oʻtgan muzokaralar chogʻida barqarorlik va xavfsizlikka raxna soladigan zamonaviy tahdid va xatarlarga, diniy ekstremizm, terrorizm, noqonuniy migratsiya va boshqa xavflarga qarshi kurashish sohasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Muzokaralar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning koʻplab masalalari boʻyicha ikki mamlakat pozitsiyasi bir-biriga mos va oʻxshash ekanini tasdiqladi", — deyiladi xabarda.

Nashrda yozilishicha, yuzaga keladigan zamonaviy tahdid va xavflarga birgalikda qarshi turish uchun oʻzaro aloqalarni yanada rivojlantirishga doir aniq takliflar ishlab chiqilgan.

Ikki davlat koʻp qirrali munosabatlarni 2013-yilda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma ruhida yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani taʼkidlangan.

Ikki mamlakatning xavfsizlik sohasidagi oʻzaro hamkorligi butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash va mintaqaning izchil rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekani qayd etilgan.

V.Jumakanov tadbirni yuksak saviyada tashkil etgani va har ikki tomon uchun dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilish imkoniyati yaratilgani uchun Oʻzbekistonga minnatdorlik bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala