Jamiyat

Buxoroning markaziy koʻchalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi

© Fotoxost-agentstvo / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekiston respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev ushbu koʻcha Islom Karimov nomiga munosib boʻlishi, qurilish ishlarini salohiyatli pudratchi tashkilotlar bajarishi zarurligini taʼkidladi

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Buxoroning markaziy koʻchalaridan biriga Islom Karimov nomi berildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, ushbu koʻcha qiyofasini oʻzgartirish, uning ikki tomonida zamonaviy binolar barpo etish boʻyicha 3-yilga moʻljallangan loyiha ishlab chiqildi.

Islam Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentning eng uzun koʻchasiga Islom Karimov nomi berildi
Mirziyoyev ushbu koʻcha Islom Karimov nomiga munosib boʻlishi, qurilish ishlarini salohiyatli pudratchi tashkilotlar bajarishi zarurligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston rahbari Islom Karimov va Ibn Sino koʻchalari kesishgan joyda bunyod etiladigan Universal sport majmuasi loyihasini koʻzdan kechirgan.

2018-yilda foydalanishga topshiriladigan ushbu majmuada 15 sport turi boʻyicha mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalarni oʻtkazish imkoniyati yaratiladi. Undan uchta mashgʻulotlar zali, basseyn, tennis korti, 3 ming 500 tomoshabinga moʻljallangan zal oʻrin oladi. Majmua sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport metodikasi boʻyicha namunaviy markaz boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala