Hodisalar

Oʻzbekiston IIV aholidan hushyor boʻlishni va har kimning gapiga ishonavermaslikni soʻradi

© AP PhotoOʻzbek militsiyasi patrul mashinasi
Oʻzbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Firibgarlar tabiatan sodda odamlarni "ov"laydi. Ammo hushyor boʻlish zamon talabiga aylanmoqda

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Toshkent shahrida plastikdagi pullarni naqdlashtirib beramiz deya, firibgarlikning yangicha usulini ixtiro qilgan jinoyatchi qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati xabar berdi.

Xabarga koʻra, "Qoʻyliq" avtobuslar shoh bekatida nomaʼlum ayol 1993 yilda tugʻilgan Mirobod tumanida yashovchi ayolning plastik kartochkalaridagi pul mablagʻlarini naqdlashtirib berishni taklif qilgan. Ayol firibgarning gaplariga laqqa ishonib jami 61 million soʻm puli boʻlgan 2 dona plastik kartochkalarini unga topshirgan. Udaburro "ovchi" shundan 6 million soʻmini naqdlashtirib, juftakni rostlagan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu firibgarlik jinoyatini Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1974 yilda tugʻilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

"Shu oʻrinda taʼkidlashni istardikki, fuqarolarimiz har qanday kishining gapiga ishonavermasdan, "Tekin pishloq faqat qopqonda boʻladi" degan maqolning magʻzini chaqib, oʻz pullari yoki mol-mulklarini birovga ishonib topshirishda sal hushyorroq boʻlganlarida, bu kabi firibgarliklarning oldi olingan boʻlardi", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala