Sport

OAV: Ronaldu surrogat onadan tugʻiladigan egizaklarning otasiga aylanadi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishKrishtianu Ronaldu
Krishtianu Ronaldu - Sputnik Oʻzbekiston
Futbol yulduzi Ronaldu tez orada surrogat onadan dunyoga keladigan egizak oʻgʻil-chaqaloqlarning otasiga aylanishi haqidagi xabar yashin tezligida tarqalmoqda

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. "Real Madrid" va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu tez orada egizak-oʻgʻillarning otasiga aylanadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti The Sun nashriga tayangan holda.

Bu haqda Ronalduning yaqinlari xabar tarqatishgani xabar qilinmoqda.

Krishtianu Ronaldu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Ronaldu toʻrtinchi bor “Oltin toʻp” sohibi boʻldi
Berilgan maʼlumotlarga muvofiq, AQShda istiqomat qilayotgan surrogat ona ayni vaqtda koʻzi yorish pallasiga kelib qolgan.

Ronaldu shu munosabat bilan oʻz yaqinlariga egizaklar dunyoga kelgach uning Madrid chekkasidagi uyiga olib kelinishini maʼlum qilgan.

Hech kimga sir emaski, futbolchining bir oʻgʻli bor. Kichik-Krishtianu 2010 yilda surrogat onadan dunyoga kelgan.

32 yashar sportchi ayni vaqtda 23 yashar model Jorjina Rodriges bilan uchrashmoqda. 2010 yildan 2015 yilga qadar Ronaldu rossiyalik model Irina Sheyk bilan uchrashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala