Jamiyat

Toshkentda bepul Wi-Fi boʻlgan birinchi avtobus bekati ochiladi

Hot WiFi tizimi sharofati bilan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar, email, shuningdek, SMS va bepul qoʻngʻiroq (callback) orqali tarmoqqa kirish mumkin boʻladi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. 16 mart kuni Toshkentdagi Oloy bozori yonida bepul Wi-Fi signali boʻlgan birinchi avtobus bekati ochiladi. Bu haqda Hot WiFi Uzbekistan kompaniyasining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Bepul Wi-Fi haqidagi maʼlumotnoma - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkent avtobuslari Wi-Fi internet bilan taʼminlanadi

Xabarda aytilishicha, barcha xohlovchilar ushbu tizimni sinab koʻrishlari hamda oʻz izohlarini qoldirishlari mumkin.

Hot WiFi tizimi sharofati bilan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar, email, shuningdek, SMS va bepul qoʻngʻiroq (callback) orqali tarmoqqa kirish mumkin boʻladi.

Avtobus bekatlarida Toshkent aholisini bepul internet bilan taʼminlash boʻyicha loyiha Hot WiFi Uzbekistan kompaniyasi, Bravo Pharma, Beeline hamda JCDecaux kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala