Jamiyat

Samarqand viloyati hokimi Tatariston prezidenti bilan uchrashadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishSvetovoye shou na Spasskoy bashne Kazanskogo Kremlya
Svetovoye shou na Spasskoy bashne Kazanskogo Kremlya - Sputnik Oʻzbekiston
Himmat Oqboʻtayev Tatariston Savdo-sanoat palatasida Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati taqdimotini oʻtkazadi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqboʻtayev Tataristonga ishchi tashrif bilan bordi. "Qozon" xalqaro aeroportida hokimni Tatariston Respublikasi bosh vaziri Ildar Xalikov kutib oldi, deb xabar bermoqda respublika prezidentining matbuot xizmati.

Himmat Oqboʻtayev Tataristonga tashrifi doirasida "Olabugʻa" iqtisodiy zonasi, "Kamaz" avtomobil zavodining ishlab chiqaruvchi maydonlari, "Eydos" hududiy injiniring tibbiyot markazi va "Qozon" agrosanoat parkiga borishni rejalashtirgan.

Samarqand shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Samarqandliklar hayotini yaxshilovchi qator tadbirlar amalga oshiriladi

Shuningdek, Samarqand hokimi "AT-park" texnoparki va Innopolis ilmiy shaharchasi misolida mintaqadagi AT-texnologiyalar rivoji bilan tanishadi.

Bundan tashqari, Oqboʻtayev "Energetika. Resurslarni tejash" XVIII xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasining ochilishida ham ishtirok etadi. Shundan soʻng u Tatariston Savdo-sanoat palatasida Samarqand viloyatining iqtisodiy salohiyati taqdimotini oʻtkazadi.

14 mart kuni Himmat Oqboʻtayev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashadi. Uchrashuv Tatariston prezidentining Qozon Kremlida boʻlib oʻtadi. Tomonlar mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishni rejalashtirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala