Jamiyat

Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga tashrifi sanasi aniq boʻldi

© AFP / POOL / Anvar Ilyasov Shavkat Mirziyoyev na prezidentskix vыborax
Shavkat Mirziyoyev na prezidentskix vыborax - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oʻzbek-qozoq hukumatlararo maslahatlashuvidan soʻng Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga rasmiy safar uyushtirishi maʼlum qilingandi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-23 mart kunlari Qozogʻiston poytaxtiga tashrif buyuradi. Bu haqda Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanovga tayanib Sputnik Qozogʻiston xabar berdi.

"Ayrim Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining Qozogʻistonga tashriflaridan soʻng Oʻzbekiston prezidentining 22-23 mart kunlari Ostonaga tashrif buyurishi mazkur mintaqa mamlakatlarining transmilliy koʻrinishdagi muammolarga nisbatan birdamligini namoyish etadi", — dedi Abdraxmanov.

U Markaziy Osiyo mamlakatlari oldidagi barcha muammolar umumiy qarashlar, oqilona yondashuv va anʼanaviy birodarlik munosabatlari orqali hal qilinishini eʼtirof etdi.

Ilgariroq Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan oʻzbek-qozoq hukumatlararo maslahatlashuvidan soʻng Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga rasmiy safar uyushtirishi maʼlum qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala