Chusovitina Kanadadagi musobaqada sovrinli o‘rinni egalladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOlimpiada-2016. Gimnastka Oksana Chusovitina vistupit na 7-y Olimpiade v karyere
Olimpiada-2016. Gimnastka Oksana Chusovitina vistupit na 7-y Olimpiade v karyere - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning yozida 42 yoshga to‘ladigan Chusovitina tayanib sakrash bahsida 14,475 ochko to‘pladi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Olimpiya o‘yinlarining 7 karra ishtirokchisi o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazilgan sport gimnastikasi bo‘yicha L'International Gymnix-2017 turnirining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Oksana Chusovitina - Sputnik O‘zbekiston
Oksana Chusovitina g‘alaba qozonishda davom etmoqda

Shu yilning yozida 42 yoshga to‘ladigan Chusovitina tayanib sakrash bahsida 14,475 ochko to‘pladi. Oltin medal 14,500 ochko to‘plagan mezbon sportchi Shellon Olsenga nasib qilgan bo‘lsa, yaponiyalik Xitomi Xatakeda (14,025) va kanadalik Bruklin Murs (13,225) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

"U bilan bahs olib borish men uchun unutilmas voqea bo‘ldi,- dedi Olsen Chusovitina haqida. —Men uni tabrikladim va Oksana bilan bahslashish uchun qattiq ter to‘kishimga to‘g‘ri keldi".

Yangiliklar lentasi
0