Jamiyat

IT mutaxassislari uchun ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilinadi

Oʻzbekiston boʻylab IT va kommunikatsiya sohasi mutaxassislari uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. 24 mart kuni Toshkentda va boshqa viloyat markazlarida IT va kommunikatsiya sohasi mutaxassislari uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Axborot texnologiyalari vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu tadbirning maqsadi — yosh mutaxassislarga ish topishga yordam berish va tashkilotlarga IT sohasida kadrlar jalb qilish imkonini yaratishdir.

Toshkentda boʻlib oʻtadigan yarmarkaga IT va kommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi 100dan ortiq korxonalar va davlat va xoʻjalik muassasalari jalb qilingan.

Ushbu yarmarkalarda 20 mingga yosh mutaxassislar va TUIT va uning hududiy boʻlimlari bitiruvchilari ishtirok etishi kutilmoqda. Undan tashqari axborot va ommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan 72 kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala