Jamiyat

Toshkentda 13 ta fohishaxona aniqlandi

Barcha holatlar yuzasida jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi va 39 fohisha javobgarlikka tortildi.

TOSHKENT,  16 mar — Sputnik. Yaqinda poytax IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan ommaviy tekshiruvlar natijasida fohishaxona tashkil qilish bilan bogʻliq 13 ta holat aniqlandi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz nashri.

Aniqlangan barcha holatlar yuzasida jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi, ushbu noqonuniy faoliyatni tashkil qilganlar va 39 fohisha jinoiy javobgarlikka tortildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston JKning 131 moddasiga binoan, moʻmay pul topish maqsadida bunday faoliyat bilan shugʻullanish eng kam ish haqqining 25 dan 50 barobarigacha yoki uch yilgacha majburiy tarbiyaviy mehnat bilan jazolanadi.

Ushbu jinoyat uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilgan hollarda, jarima miqdori eng kam ish haqqining 75 — 100 barobari miqdorida yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum  qilish bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala